Haqiqiy baxt, abadiy saodat nima ekanligini bilganingizda edi…

Ağu 26, 2026 - 18:06
Ağu 26, 2026 - 21:13
 0  3
Haqiqiy baxt, abadiy saodat nima ekanligini bilganingizda edi…

Hammamizni bir savol qiynaydi — baxt o’zi nima? U qayerda bo’ladi? Uni topgan taqdirimizda ham saodatimizni nima bilan o’lchaymiz? Uning eng yuqori cho’qqisi, chegarasi bormi?

Huddi bizning hayolimizdan o’tganidek, sizning ham hayolingizga shu savollar kelgandir. Ammo shu aniqki, meni baxtiyor qilgan narsa sizni baxtli qilmasligi, sevintirmasligi mumkin. Sizni baxtli qilgan narsa meni ham baxtiyor etishi shart emas.

Xo’sh institutning eng peshqadam talabasi bo’lish baxtmi? Yoki orzuyingizdagi ishga joylashish baxtmi? Yoshlikdan borishni orzu qilgan mamlakatingizga borish, uning tarixiy obidalarini sayr qilish, o’sha yerda yashash baxtmi?

Ha, bularning har biri baxtning bir ko’rinishi. Biroq boshqa bir narsaga e’tibor qaratish kerak, deb o’ylaymiz. Ya’ni baxtning davomli bo’lishini istaysizmi yoki ma’lum muddat uni his qilishingizning o’zi yetarlimi?

Qarang, oliy ma’lumotni tasdiqlovchi diplomga erishish vaqtinchalik baxt. Chunki yaxshi ishga joylashganingizdan keyin diplom sevinchi ketadi ve o’rnini ishga bog’lanish sevinchi egallaydi. Ishli bo’lish ham vaqtincha saodat. Chunki endi ishga vaqtida borish, kun bo’yi ter to’kib mehnat qilish, vaqti kelganda rahbardan gap eshitish kabi mashaqqatlar; hamkasblar bilan bo’ladigan tortishuv va kelishmovchiliklar boshlanadi. Xo’sh, “ishga joylashish” baxti qayerda qoldi?

Endi ta’tilga chiqishni xohlab qolasiz. Zero ishlagan kishi ta’til olishi, ma’lum muddat ishdan uzoqroq bo’lib, boshiga, tanasiga, asablariga dam berishi kerak. Aks holda, samarali faoliyat ko’rsata olmasligi tayin.

Endi nima demoqchi bo’lganimizni tushundingizmi? Agar tushungan bo’lsangiz, o’rinli bir savol bilan murojaat qilsak — unda nima uchun vaqtinchalik baxt ortidan quvamiz?

Haqiqiy baxt, abadiy saodat nima ekanligini bilganingizda edi… Haqiqiy va doimiy baxt bu — Allohning qazoi-qadariga rozi bo’lish, sizga bergan ne’matlariga shukur keltirishdir.

“Ochilmagan maktublar” kitobidan

Sharh:

Bu satrlarni o’qiganda huddi bu hayotning formulasini onidan anglab yetgandek bo’ldim. Ochiq va sodda…

Ustingga qanday kun kelmasin rozi bo’l. Yaxshi kunda shukr qilib savob ol, yomon kunda sabr qilib. Ertaga o’ladigandek oxiratni, hech qachon o’lmaydigandek dunyoni ishni qil. Ayni ehtiyojim bo’lgan jumlalarni topgandekman…

Ha, to’g’ri aksar hollarda kitoblardan maximal darajada foyda ololmaymiz. Ba’zan butun boshli kitobni o’qib tugatib, oxitida nima chunganimizni anglolmaymiz. Lekin bir kitobning bir bobi hatto, bir jumlasi shunchalik senga ta’sir qiladiki, hayotingdagi eng muhim tushunchaga aylanadi.

Shu sababdan ham kitoblar o’qishda davom!

Uzayli Yazar olma arzusundaki bir uzaylının küçük çabaları